Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
192025-05-15 08:21

Istiqlol mahallasidagi ichki ko'chalarga asfalьt qoplamasi yotqizilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748349790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748350985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748354570.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748355765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748359350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748361740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748365325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2087998748366520.jpg
Tumanimizda fuqarolarning muammolarini hal etish barobarida ularga munosib turmush tarzini yaratib berish, barcha jabhalarda qulayliklar yaratishga doir amaliy ishlar qilinmoqda. Kommunal sohalardagi muammolarga barham berish, qishloq infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar bevosita davlatimiz rahbari va Respublika hukumati e'tibori asosida qilinmoqda. Ayni kunda anchadan beri nochor ahvolga tushib qolgan Istiqlol mahalla fuqarolar yig'inidagi “Shifokor” ko'chasida keng ko'lamli ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur ko'chada asfalьlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Asfalьt qoplamasi yotqizish ishlari tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Asfalьtlashtirish ishlari jarayonini ko'zdan kechirgan tuman hokimi mahalla fuqarolari bilan suhbatda mazkur ishlar bevosita jamoatchilik nazorati ostida amalga oshirilsa unumli bo'lishini alohida ta'kidladi. Mahalla ahli ham ushbu e'tibor uchun samimiy minnatdorchilik izhor etdilar. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz