Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
482025-07-13 19:17

Quvada sanoat salohiyati kengaymoqda

http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451055630.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451058020.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451059215.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451060410.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451062800.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451063995.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451066385.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150800/news/file-2094137451068775.jpg
Mingchinor qishlog‘ida kichik sanoat zonalarida yangi loyihalar amalga oshirilmoqda Quva tumanida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, Mingchinor qishlog‘ida joylashgan “Turk-2” hamda “Yoshlar” kichik sanoat zonalarida yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilmoqda. Ushbu hududdagi 6 gektardan ortiq bo‘sh yer maydonlari lotlarga ajratilib, “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali tadbirkorlarga ochiq va shaffof tarzda taqdim etildi. Yer maydonlariga ega bo‘lgan tadbirkorlar hozirda o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun qurilish ishlarini boshlaganlar. Mazkur kichik sanoat zonalarida qurilayotgan yangi ishlab chiqarish obyektlari nafaqat mahalliy bozorni, balki eksport salohiyatiga ega mahsulotlarni tayyorlashni ham ko‘zlagan. Zonalarda yengil sanoat, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mebel va qishloq xo‘jaligiga oid korxonalar tashkil etilishi kutilmoqda. Loyihalar to‘liq ishga tushganidan so‘ng, mazkur zonalarda 600 nafarga yaqin mahalliy aholi doimiy ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, ushbu loyihalar hududda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini oshirishga xizmat qiladi. Quva tumanida tadbirkorlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, xususan, yer maydonlarining auksion orqali taqdim etilishi, investitsiyalarni jalb qilish va yangi ishlab chiqarish obyektlarini tashkil etish orqali sanoat salohiyatini rivojlantirish yo‘lidagi qadamlar samarali bo‘layotganini ko‘rsatmoqda. Mingchinordagi “Turk-2” va “Yoshlar” sanoat zonalari esa bu yo‘nalishdagi misollardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz