Quvasoyda sportga yangi sahifa: zamonaviy futbol maydonchasi ochildi
Quvasoyda sportga yangi sahifa: zamonaviy futbol maydonchasi ochildi
Quvasoy shahrining “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan yangi futbol maydonchasining ochilish marosimi aholi va sportsevarlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu maydoncha yoshlar uchun eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga, shuningdek, mahalliy futbol jamoalarining salohiyatini oshirishga yordam beradi. Bu yerda yoshlar sport bilan shug‘ullanishi, o‘z orzularini amalga oshirish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Maydonchaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Sherzodjon Polvonov, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov, DXX rahbari, shahar prokurori Jaxangirjon Fazilov, IIB boshlig‘i Dilmurod Asqarov, Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Mo’ysinjon Mexmonov, nuroniylar, sport ixlosmandlari va keng jamoatchilik vakillar ishtirok etdilar.
Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan “DXX kubogi” musobaqasida Quvasoy shahar jamoasi mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan haqida xabar bergan edik. Bugungi tadbirda jamoamiz “G‘oliblik kubogi”, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi musobaqalar sportni rivojlantirishga xizmat qiladi va yoshlarni ko‘proq jismoniy faollikka undaydi.
Tadbirni bayramona ruhda yakunlash uchun viloyatda xizmat ko‘rsatgan taniqli san’atkorlar tomonidan konsert dasturi tashkil etildi. San’atkorlar o‘zining mahoratli chiqishlari bilan tadbir ishtirokchilariga yana bir qiziqarli lahzalarni taqdim etdi.