Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
582025-07-12 17:00

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 11-sessiyasi bo'lib o'tdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345360815.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345362010.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345363205.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345364400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345365595.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345366790.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345367985.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2094024345369180.jpg
Tuman hokimligida Xalq deputatlari So'x tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 11-sessiyasi tashkil etildi. Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Sessiya kun tartibiga quyidagi 4 ta masala kiritildi: Birinchi masala - tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar holati to'g'risida ishtirokchilarga tuman prokurorining o'rinbosari Olimjon Dustov axborot taqdim etdi. Aholi bandligi va kambag'allikni qisqartirish choralari – O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 17 yanvardagi 12-sonli qarori ijrosi. Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining o'rinbosari Ilhomjon Tojiboyev axborot berdi. Jamoatchilik fikri asosida moliyalashtirilgan tadbirlar hisoboti – 2025 yil II-choragi natijalari. Bu masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'ining o'rinbosari Zayliddin Iskandarov axborot berdi. Mahallalar boshqaruv tizimini takomillashtirish – O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi 402-sonli qarori ijrosi. Mazkur masala yuzasidan O'zbekiston mahallalar uyushmasi So'x tuman bo'limi boshlig'i Qosimjon Haydarov so'zga chiqdi. Har bir masala yuzasidan ma'ruzachilar axboroti tinglanib, deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz