Viloyat hokimining o‘rinbosari Qo‘shtepa tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda o‘tayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda.
Xususan, Qo‘shtepa tumanida viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i K.Kavlonova ishtirokida fuqarolarning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida tumandagi 10 nafardan ziyod xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi va muammolari o‘rganildi. Murojaatlarning barchasi esa ijobiy xal etildi.