Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
632025-07-11 15:41

Yangi rahbar jamoatchilikka tanishtirildi

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2093915456178090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2093915456180480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2093915456181675.jpg
Qo‘shtepa tumani hokimligining yig‘ilishlar zalida tuman hokimi A.Abdullayev rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi tizimli kurashish, joriy yil yanvar-iyun oyida aholining doimiy, mavsumiy va vaqtinchalik ishlar bilan ta’minlashning maqsadli ko‘rsatkichlari, 2025-yil yanvar-iyun oylaridagi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, qurilish pudrat ishlari hamda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini yetishtirish masalalari muhokama qilindi. Yig‘ilishda hokimilik apparat xodimlari va tumandagi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilish davomida Qo‘shtepa tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga mudiri etib tayinlangan Nuriddinov Shoxrux Nosirjon o‘g‘li jamoatchilikka tanishtirildi. Nuriddinov Shoxrux Nosirjon o‘g‘li tayinlovga qadar tumandagi 20-IDUM direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz