Dastur doirasida “Birdamlik” mahallasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
Farg‘ona tumanidagi “Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida muhim infratuzilma islohotlari boshlab yuborildi.
Ushbu harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda mahallada elektr tarmoqlarini modernizasiya qilish va yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida hududga olib kelingan zamonaviy temir-beton tayanch ustunlari o‘rnatilmoqda. Shu bilan birga, 10 kilovoltli yangi elektr uzatish tarmoqlarini tortish ishlari ham bosqichma-bosqich bajarilmoqda.
Mazkur ishlar natijasida aholining elektr ta‘minoti bilan bog‘liq muammolari bartaraf etilishi, energiya uzatish tizimining ishonchliligi oshishi va farovon yashash sharoitlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.