Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
1612025-06-30 08:35

Dang‘ara tumani Oltiqo‘sh MFYda zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749129989185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749129989185.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749129992770.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749129998745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749129999940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749130001135.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749130002330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2092749130007110.jpg
Dang‘ara tumani Oltiqo‘sh MFYda zamonaviy, barcha talablarga javob beradigan yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, tuman hokimi, soha mutasaddilari, mahalla ahli, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Tuman prokurori Akmaljon Boboxonov tashabbusi va homiylik mablag‘lari hisobiga 240 o‘quvchiga mo‘ljallangan, zamonaviy ta’lim talablariga javob beradigan yangi 25-umumta’lim maktabi binosi qad rostladi. Mazkur ta’lim muassasasi faoliyat boshlashi natijasida avval 3 km masofadagi boshqa mahallaga qatnab o‘qishga majbur bo‘lgan 180 nafardan ziyod o‘quvchi uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhiti yaratildi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu amaliy ishlar Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim sohasini isloh qilish, zamonaviy infratuzilmalar tashkil etish va yoshlarga qulay ta’lim sharoiti yaratish borasidagi olib borilayotgan islohotlarga yelkama-yelka turib, faollik ko‘rsatish orqali o‘ziga xos munosib javob bo‘lgani qayd etildi. Mahalla ahli nomidan so‘zga chiqqanlar ko‘p yillik muammo hal etilib, yangi maktab qurilgani barchani behad mamnun etganligini bildirdi. Ramziy tasma kesilib, mehmonlar yangi qurilgan ta’lim maskanida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz