Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
532025-06-23 14:54

“Qulibek” mahallasining suvlashmagan qismiga hokimlik ko‘magida ilk bor obihayot kirib bordi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2092053579634515.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2092053579638100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2092053579641685.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2092053579652440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2092053579656025.jpg
O‘zbekiston tumani hokimligi tomonidan aholi vakillarining turli masalalardagi murojaatlari, xususan tuman hokimining hududlardagi sayyor qabullari davomida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etishga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Qulibek” mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolarning hududda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga oid tuman hokimiga bildirgan murojaati o‘z ijobiy yechimini topdi. Tuman hokimligi tomonidan mahallaga 750 metr toza ichimlik suvi tarmog‘i yetkazib berilib, mazkur tarmoq “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ tuman filiali ishchi-mutaxassislari ko‘magi va mahalla ahli birdamligida belgilangan manzilga tortildi. Natijada, hududdagi 40 ga yaqin xonadonning toza ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi, ularning aksariyatiga esa ilk bor obihayot kirib bordi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz