Fuqarolar qabuli muammolar yechimiga xizmat qilmoqda
Davlatimiz rahbari tomonidan 16-iyun kuni o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida aholi muammolari bilan ishlash bo‘yicha yangi, qat’iy tizim yaratish, murojaatlar bilan ishlashni yangi bosqichlarda tashkil etilishiga jiddiy e’tibor qaratildi.
✅Topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida, shahar hokimi Zafarjon To‘raqulovning ish kuni jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan qabul o‘tkazishdan boshlandi.
➡️Qabul davomida shahar aholisi turli yo‘nalishlardagi muammo va takliflari bilan shahar hokimiga murojaat qilishdi. Fuqarolarning murojaatlari asosan ish bilan ta’minlash, uy-joy, elektr va suv ta’minoti masalalariga oid bo‘ldi.
🟡Hokim tomonidan har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, xalq manfaati yo‘lida hal etilishiga erishildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ijroga qaratildi.
✅Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolariga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.