Quvasoy shahar Do‘stlik MFY dagi “Vodiy gavhari” bolalar oromgohida 31-may kuni yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda aholini kayfiyatini koʻtarish maqsadida “Dolzarb 90 kunlikʼʼ tadbiriga start berildi

Unda Fargʻona viloyat hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Dolimov, shahar hokimi o‘rinbosarlari, huquq-tartibot idoralari rahbarlari hamda soha masʼullari ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida 15 turdan ziyod yo‘nalishda tanlov va sport musobaqalari o‘tkazildi.
Ta’kidlash joiz: Davlatimiz rahbari boshchiligida o‘tkazilgan sohaga oid videoselektor yigʻilishida yozgi taʼtil davrida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.