Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
882025-05-28 21:27

Respublika ishchi guruh Quvasoy shahar “Lashkar” MFY da yoshlarga ajratilgan yerlar holatini o‘rgandi

http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2089397306778085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2089397306782865.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2089397306785255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2089397306787645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2089397306791230.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2089397306794815.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150900/news/file-2089397306798400.jpg
🟢Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi tomonidan “Lashkar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi joylarda amaliy holat o‘rganildi. 🎚️Tashrif chog‘ida ishchi guruh a’zolari PQ 153-sonli qaror asosida yoshlarga dehqonchilik bilan shug‘ullanishlari uchun ajratilgan yer maydonlari bilan tanishdi. ➡️Yoshlar tomonidan o‘z vaqtida qarov ishlari amalga oshirilib, parvarishlangan gilos ko‘chatlari mo‘l hosilga kirgan. Mevalarning narxlari yuqori, xaridorlari bisyor. Yoshlar esa mamnun. ✅Shahardagi mas’ul tashkilot rahbarlari ham biriktirilgan mazkur o‘rganish jarayonida yer ajratish tartibi, ularning foydalanish holati, hosildorlik darajasi hamda bu orqali yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi natijalar ko‘zdan kechirildi. Yoshlarga ajratilgan yerlarda ekin ekish, sug‘orish va agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish holatlari ham tahlil qilindi. 🟡Ishchi guruh a’zolari tomonidan joylardagi mavjud muammolar va takliflar eshitilib, mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, ushbu qaror asosida yer olgan yoshlarga agronomik ko‘mak va texnik resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz