Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2072025-04-12 10:32

“Uchinchi Renessans kutubxonadan boshlanadi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952098905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952101295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952114440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952119220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952127585.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952144315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952153875.jpg
http://api3.fergana.uz/files/150500/news/file-2084600952171800.jpg
Dang‘ara tumaniga Farg‘ona viloyati hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova Abdullayevna hamda Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi Farhodjon Mamajonov Habibullayevich tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2025 yil 24 yanvardagi 14-son bayonida belgilangan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida “Ommaviy diktant” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi barcha maktab rahbarlari ishtirok etib, o‘zlarining savodxonlik darajalarini sinovdan o‘tkazdilar. Bu tashabbus nafaqat til madaniyatini mustahkamlash, balki ta’lim rahbarlari orasida o‘z ustida ishlash, bilim salohiyatlarini oshirishga xizmat qildi. Shuningdek, Dang‘ara tuman Axborot-kutubxona markazida “Uchinchi Renessans kutubxonadan boshlanadi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir davomida kitobning jamiyatdagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ta’siri, kutubxona faoliyatining zamonaviy yo‘nalishlari haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbirda tuman madaniyat markazi hodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan badiiy asarlardan sahna ko‘rinishlari barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz