Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

YANGI YIL BAYRAMI SAVDO-YARMARKALARI ISh BOSHLADI

 2019-12-17 10:10:41    185

PDF yuklash
Chop etish


Shu kunlarda yurtimizning barcha joylarida bo’lgani kabi Quvasoy shahrida ham yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami oldidan qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdo-yarmarkalari tashkil etildi.
Jamoalarda, ta’lim muassasalarida bayramni ko’tarinki ruhda o’tkazish uchun qizg’in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, hamshaharlarimiz bayram dasturxonining to’kin bo’lishini ta’minlash maqsadida ommaviy bayram tadbirlari o’tkazilishi belgilangan hududlarda Yangi yil bayrami archalari o’rnatilib, oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari savdo-yarmarkalari tashkil etildi.

Yarmarkalarda viloyatdagi qayta ishlash korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, chorvachilik, parrandachilik hamda baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaliklari o’z mahsulotlari savdosini yo’lga qo’ydi.
Savdo rastalarida qishloq xo’jaligi xodimlari tomonidan etishtirilgan sifatli va sarxil mevalar, sabzavot hamda poliz, shuningdek, asal, sut, tuxum, go’sht, baliq, umuman, 50 turdan ziyod oziq-ovqat, qandolat mahsulotlari arzon narxlarda xaridorlarga taqdim etilmoqda.

Darhaqiqat, bayramoldi yarmarkalarida sotilayotgan mahsulotlar bozor narxidan birmuncha arzonligi, qolaversa, savdolar plastik kartochkalar orqali amalga oshirilayotganidan barcha mamnun.

Yangi yil bayrami archalari atrofida Qorbobo, Qorqiz, turli ertaklar qahramonlari ishtirokida ko’ngilochar tadbirlar o’tkazilayotgani, ayniqsa, bolajonlarga olam-olam quvonch ulashmoqda.

 Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.