Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

«XALQ DIPLOMATIYASI» – BAG’RIKENGLIK ASOSI

 2019-12-17 10:10:05    271

PDF yuklash
Chop etish


Har bir insondagi yaxshi yoki yomon illat uning bolalik chog’larida shakllanadi. Shundan kelib chiqib, ertangi kunimiz davomchilari bo’lgan yoshlarni bag’rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, tarix, madaniyat, milliy an’ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash bugun O’zbekiston xalqi oldida turgan eng dolzarb va muhim vazifadir. Bu boradagi vazifalarni amalga oshirish millatchilik va ekstremizm aqidalariga qarshi mafkuraviy immunitetga ega, mustaqillik g’oyalariga sodiq, ma’naviy barkamol avlodni shakllantirish imkonini beradi.

Bugun O’zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari o’zaro inoqlikda yashab kelmoqda. Ko’pmillatli Quvasoy shahri aholisi ham bugun barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar.

Ma’lumki, mamlakatimizda Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O’zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, 34 ta do’stlik jamiyatlari samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Ular «xalq diplomatiyasi» mexanizmidan foydalanib, tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do’stona munosabatlar va madaniy-mahrifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlarimiz bilan yaqin va o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’yishga intilmoqdalar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qabul qilingan «2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi» va «Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalaridan oqilona foydalanish ko’nikmalarini singdirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish yuzasidan beshta muhim tashabbus»da ham bu boradagi vazifalarga alohida o’rin berilgan. Negaki, bugungi davrning o’zi oldimizga O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatimiz atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo’shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o’rtasida o’zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishni taqozo etmoqda.

Respublikamizda bag’rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do’stona, teng huquqli va o’zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Bular Konstitutsiyamizda mustahkamlab qo’yilganidek, fuqarolarning irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi tamoyillari hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga asoslanadi.

Alijon MIRZABOEV, O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi ahzosi.