Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHRIDA IT ACADEMY QUVASOY O’QUV MARKAZI HAMDA TIKUVCHILIK KORXONASIDAN IBORAT MAJMUA ISH BOSHLADI

×

 2024-02-10 20:04:58    979

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Quvasoy shahridagi o’rganishlari davomida shaharning Zebuniso MFY hududida barpo etilgan IT Academy Quvasoy o’quv markazi hamda tikuvchilik korxonasining foydalanishga topshirishga bag’ishlangan tadbirda ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbarining hududlarda zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo’yicha topshiriqlari ijrosi doirasida ish boshlagan ushbu o’quv va ishlab chiqarish majmuasi loyihasini amalga oshirish uchun Quvasoy shahridagi yirik tadbirkorlardan biri, “Industrial Consulting Group” MChJ rahbari Mo’ysinjon Mehmonov tomonidan qariyb 3,5 mlrd. so’m mablag’ sarflandi.

IT Academy Quvasoy o’quv markazida 400 nafar yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash hamda kompyuter savodxonligi bo’yicha ta'lim berish imkoniyati mavjud. 100 ta ish o’rni yaratilgan tikuvchilik korxonasida esa shahardagi 12 ta mahallada yashovchi ishsiz ayollarning doimiy bandligi ta'minlandi.

Loyiha doirasida tadbirkor tomonidan homiylik asosida mahalla fuqarolar yig’ini uchun xizmat xonalari va mahalla ahli uchun kutubxona ham qurib, jihozlab berildi.

Viloyat hokimi bunday majmualarni viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham tashkil etish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatma berdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram