YO’L INFRATUZILMASINI YAXSHILASH MAQSADIDA QUVASOY SHAHRIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA
2023-10-23 14:10:32 1017
Polmon mahalla fuqarolar yig’ini Quvasoy shahrining qo’shni Qirg’iziston Respublikasi bilan chegara hududida joylashgan. Bu yerda o’zbek, qirg’iz, tojik kabi turli millat vakillari ahil-inoqlikda yashab kelmoqda.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar mahalladagi bunyodkorlik ishlari misolida ham yaqqol bo’y ko’rsatmoqda.
Ayni kunlarda Qayrilma hamda Fermer ko’chalarida 580 metr ichki yo’llarga davlat dasturi asosida asfalt yotqizilib, tekis va ravon ko’rinish kasb etmoqda.
Hokim yordamchisi Dostonbek Nazarovning ma'lumotiga ko’ra, joriy yilning o’tgan davri davomida hududda qariyb 4,1 km masofadigi ichki yo’llar asfaltlashtirildi.
Albatta, bu kabi ezgu ishlar aholi kayfiyatini ko’tarib, ertanggi kunga bo’lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram