“QUVASOY-POLMON” AVTOMOBIL YO’LIDA JOYLASHGAN KO’PRIK MUKAMMAL TA'MIRLANMOQDA
2023-10-07 15:09:35 1603
Quvasoy shahar Huvaydo MFY hududida joylashgan ko’prikda avtomobillar va piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida 2,4 mlrd.so’m mablag’ hisobiga mukammal ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 4K-844 “Quvasoy-Polmon” avtomobil yo’li boshlanishidagi mazkur ko’prikda qurilish jarayonlari “MOSTSTROY” MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2022 yil 30 dekabrdagi “2023-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan olib borilayotgan qurilish tadbirlari joriy yilning noyabr oyida yakunlanishi rejalashtirilgan.
Loyihaga ko’ra uzunligi 18 metr, eni 15 metr bo’lgan ko’prikning har ikki tomonida piyodalar uchun yo’laklar barpo etiladi.
Mahalla faollarining ma'lumotlariga ko’ra o’tgan asrning 60 yillari oxirlarida qurilgan “Quvasoy-Polmon” ko’prigi endlikda zamonaviy qiyofaga ega bo’ladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram