Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT BILAN KURASHAMIZ!

×

 2022-10-14 16:59:56    135

PDF yuklash
Chop etish


     Bugun 14 oktyabr kuni Quvasoy shahar xalq ta'limi bo’limi tasarrufidagi 1-IDUMda o’quvchilar o’rtasida “Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashamiz!” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi boshqaruv raisi I.Latipov, Farg’ona viloyati hokimining Kotibiyat mudiri M.Xolmatov, FarPI ijtimoiy fanlar kofedrasi o’qituvchisi A.Umrzaqov, Quvasoy shahar hokimining yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari A. Mamajonovlar qatnashdilar.

     Dastlab o’quvchilar e'tiboriga diniy ekstremizm va aqidaparstlik g’oyalarini aks ettiruvchi hamda bu yo’lga adashib kirib kolgan talabalarning po’shaymonli so’zlari aks etgan videorolik qo’yib berildi.

     FarPI ijtimoiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi A.Umurzaqovning “Bag’rikenglik – YEr yuzining turli burchaklarida mavjud 1600 dan ziyod etnik guruhlarning dini, irqi, tili-yu turmush tarzi, urf-odatlari-yu madaniyatining o’zaro farqliligidan qat'i nazar, ularga hurmat bilan qarash, tenglikni ta'minlash yuzasidan vujudga kelgan oliy qadriyatlari to’g’risida”gi ma'ruzasi tinglandi.

     O’zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi a'zosi I. Latipov hamda Farg’ona viloyati hokimligining Kotibiyat mudiri M.Xolmatovlar O’zbekiston tarixida ulug’vor kunlarda, tinchlik xukmron bo’lgan zaminda yashayotganimiz, bu qanday baxt, vatan naqadar ulug’ so’z uni qalban his qilib yashash kerakligini aytib o’tdilar.

   Davra suhbati so’ngida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram