OKTYABR – O’QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
2022-10-01 12:55:40 228
TABRIGI
Qadrli ustozlar!
Sizlarni qo’shaloq bayram – O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o’ttiz bir yilligi hamda O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman!
Ijtimoiy hayotimizda, jamiyatimiz va xonadonimizda, tarbiyachi va pedagoglarimizning nufuzi g’oyat yuksakdir. Ota-ona vujud me'mori bo’lsa, muallim qalb me'moridir.
Ona O’zbekistonimizda jahon andozlariga mos milliy maktablar va umuminsoniy qadriyatlar qayta tiklandi. Bunda asosiy mas'uliyat ustozlar va murabbiylar zimmasiga tushmoqda. Bugungi kunda Sizlardan tinimsiz izlanishni, ta'lim-tarbiyada yangidan-yangi pedagogik usullarni qo’llashni va ijodkorlik talab qilinmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ziyo sohiblari qatori Sizlar ham yosh avlodning Vatanparvar, yurt uchun jonini ham ayamaydigan insonlar bo’lib kamol topishlari yo’lida xizmat qilmoqdasizlar.
Hurmatli murabbiylar! Sizlarni 1 oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga mustahkam sog’liq, kuch-quvvat hamda o’z faoliyatlaringizda quvonarli yutuqlarga erishishlaringizga tilakdoshman.
Hamisha xonadoningizga qut baraka va osoyishtalik nur yog’dirib tursin. Barchangizga ezgu va mashaqqatli ishingizda omadlar yor bo’lsin!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram