Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI QUVASOY SHAHAR KENGASHINING NAVBATDAGI O’TTIZ TO’QQIZINCHI SESSIYASI HAMDA OAV VA BLOGGERLAR ISHTIROKIDA MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

×

 2021-12-14 18:50:43    162

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar, barcha sohalar bo’yicha o’z vaqtida qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar hududlarni barqaror rivojlanishiga hamda halqiga munosib turmush sharoitini yaratilishiga mustahkam zamin yaratib bermoqda.

Davlat rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar dunyoning nufuzli tashkilotlari tomonidan munosib baholanayotganligi barchaga cheksiz g’urur va kuch bag’ishlaydi, yangi marralar sari ruhlantiradi.

Bugun 2021 yil 14 dekabr kuni xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi o’ttiz to’qqizinchi sessiyasi o’tkazildi. 

Sessiyaga “16-Isfayramsoy” saylov okrugidan deputat Mexmonov Mo’ysinjon Dadajonovich raislik qildi.

Sessiya ishida barcha sektor rahbarlari, shahar Kengashiga saylangan deputatdalar, tashkilot rahbarlari hamda OAV, bloggerlar ishtirok etdilar.


Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan shahar hokimi Raximjonov Ravshan Raxmonovichning 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda kelgusi yilgi rejalariga bag’ishlangan “Aholiga murojaati” tinglanib, xududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash natijalari hamda bu borada hudud darajasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida hisoboti eshitildi.

Quvasoy shahar sessiyasi yakunida hokim hisobot va istiqbolli rejalar yuzasidan deputatlar va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, bugungi kunda aholi hayotini yaxshilash uchun dolzarb bo’lib turgan mahalliy byudjet mablag’laridan maqsadli va oqilona foydalanishda jamoatchilik nazoratini yo’lga qo’yish, yangi ish o’rinlari yaratish, kambag’allikni qisqartirish, kreditlar ajratish va arzon turar joylar qurilishi hamda fuqarolarga yer ajratish bilan bog’liq masalalar keng muhokama etildi.

Sessiyada hokimning “Murojaatnoma”si hokimlikning rasmiy saxifalarida va turli ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan jonli tarzda yoritildi.

Hokim murojaatidan kelib chiqib, aniq bir maqsadni anglatuvchi va tegishli mas'ulga qaratilgan savol yoki takliflar berilgach, qaror loyihasi bir ovozdan tasdiqlandi. Shuning bilan, Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi o’n to’qqizinchi sessiyasi o’z ishini yakunladi.

Sessiyadan so’ng, shahar hokimi, uning o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, mas'ul bo’lim va tashkilot rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.

Matbuot anjumanida jurnalistlar hamda bloggerlar tomonidan berilgan savollarga shahar hokimi Raximjonov Ravshan Raxmonovich tomonidan javoblar berildi.

Quvasoy shahar hokimligi

Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram