Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA “SO’NGGI QO’NG’IROQ” TADBIRLARI BO’LIB O’TDI

×

 2021-05-25 21:42:39    168

PDF yuklash
Chop etish


Bugun mamlakatimizda yana bir o’quv yili tugab, umumta'lim maktablarida so’nggi qo’ng’iroq sadolari jarangladi. Bitiruvchi o’g’il-qizlarga 11 yillik qadrdon maskanlari, ota-onasidek aziz va qadrli bo’lib qolgan ustozlari, sinfdoshlari bilan xayrlashish oson emas. Bugun har bir bitiruvchining ko’zida ham sevinch, ham ayriliq yoshlari... Ular jonajon maktabi bag’ridan uchirma bo’lib, katta hayot ostonasiga qadam qo’ymoqda.

Quvasoy shahridagi barcha ta'lim muassasalarida dillarga o’zgacha shukuh, qalblarga olam-olam hayajon soladigan, bir umr esda qoladigan “So’nggi qo’ng’iroq” tadbirlari bo’lib o’tdi.

Ana shunday tadbirlardan biri sharimizdagi 4-umumta'lim maktabida tashkil etildi. Bu yilgi tadbirlar davlatimiz rahbarining maktablar bitiruvchilariga tabrik yo’llagani bilan unutilmas taassurotlarga boy va yodda qolarli bo’ldi.

Quvasoy shahar hokimi Ravshan Raxmonov mazkur ta'lim maskanida o’tkazilgan "So’nggi qo’ng’iroq" tadbirida ishtirok etib, Prezidentimizning bitiruvchilarga yo’llagan tabrigini o’qib eshittirdi. Ular bilan suhbatlashib, yigit-qizlarning orzu-niyatlari, maqsadlari bilan tanishdi

Tadbirda ishtirok etgan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar va o’qituvchilar ham bitiruvchilarni tabriklab, ularga oq yo’l tiladi. 

Quvasoy shahar hokimligi axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram