Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SPORT TINCHLIK ELCHISI. QUVASOYDA QARDOSH XALQLAR O’RTASIDA SPORTNING YUNON-RUM KURASHI BO’YICHA OCHIQ TURNIR TASHKIL ETILDI

×

 2024-04-08 11:37:17    1059

PDF yuklash
Chop etish


Kuni kecha Bo‘ston MFY da joylashgan 22 - umumta’lim maktabida sportning yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Quvasoy shahar ochiq turniri tashkil etildi. Turnirning ochilish tadbirida shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, hamkor tashkilot va idoralar mas’ullari, sport faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

So‘z olganlar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda sport turlariga qaratilayotgan e’tibor haqida to‘xtalib, sport tinchlik elchisi ekanligini yana bir ta’kidladilar. Bunday musobaqalar yoshlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashi qayd etildi.

Respublikamizning turli hududlaridan hamda qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikiston davlatlaridan kelgan 350 nafar o‘smirlar ishtirok etgan turnir qiziqarli baxslarga boy o‘tdi. Unda 2009 – 2011 - yillarda tug‘ilgan o‘smirlar, 2012-2014 - yillarda tug‘ilgan yoshlar 14 ta vazn toifasida gilamga tushdilar.

Iqtidorli yoshlarni respublika terma jamoasiga saralab olish, sport yo‘nalishida ham qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan Quvasoy shahar ochiq turniri yakunida g‘olib va sovrindorlarga tashkilotchilarning diplom va medallari, tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram