Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TANIQLI OLIMLAR, SHOIR HAMDA SAN’ATKORLAR ISHTIROKIDA TARG‘IBOT TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-16 15:48:34    657

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, ayni kunlarda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan viloyatimiz shahar va tumanlarida “Ezgulik - shiorimiz, ma’rifat - qurolimiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ularda poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma’rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, taniqli olimlar, shoir hamda san’atkorlar ishtirok etmoqda.

Targ‘ibot tadbiri Quvasoy shahridagi 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida ham tashkil etildi.

“Zebiniso” MFY da yashovchi 300 nafardan ziyod xotin-qizlar taklif etilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hamidjon Toshpo‘latov, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shahlo Ahrorova, shoir Dilshod Rajab, xonanda Aziz Rajabiylar mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor hamda yoshlarning ma’naviy tarbiyasida ularning o‘rni xususida to‘xtaldilar. Yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Navro‘zi olam qutladilar.

Mehmonlar ijrosidagi qo‘shiqlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram