Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHRIDA JORIY YILDA QARIYB 14 KM DAN ZIYOD ICHKI YO’LLAR RAVON BO’LMOQDA

×

 2023-10-05 19:21:51    1628

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahrida joriy yilda qariyb 14 km dan ziyod ichki yo’llar ravon bo’lmoqda

“Namuna” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi 2,8 km ichki yo’llar “Mening yo’lim” loyihasi doirasida asfaltlashtirildi. Endilikda mazkur mahalladagi ta'mirtalab holatga kelib qolgan “Aziztepa”, “Ibrat” hamda “Barkamol” ko’chalarining ravon va tekis yo’llari aholiga ko’tarinki kayfiyat bag’ishlamoqda.


“23 yildan buyon yozda chang-to’zon, qishda loy bilan to’lgan ko’chalarimizda bugun amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga ko’pning havasi keladi. Orzularimiz ushaldi”, - deydi mahalla faoli Ikromjon Karimov.


Ma'lumot o’rnida, Quvasoy shahrida “Mening yo’lim” loyihasi doirasida 2 ta MFYda 3,4 km. yo’llarda, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida 1 ta MFYda 2,7 km. yo’llarda, shuningdek, Farg’ona viloyati mahallalaridagi birinchi navbatda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar doirasida 2 ta MFY da 8 km. yo’llarda ta'mirlash va asfaltlashtirish jarayonlari amalga oshirilmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram