Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

AVGUST OYI “TOZALIK VA OBODONLASHTIRISH” OYLIGI

×

 2022-08-09 17:20:27    135

PDF yuklash
Chop etish



 Quvasoy shahar prokuraturasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3182-sonli hamda “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-4102-sonli Qarorlari ijrosi yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda.


Bu borada viloyat prokurorining 2022 yil 1 avgust kungi 27-5-22-sonli topshirig’iga asosan Prokurorlar sektorlarida avgust oyi “Tozalik va obodonlashtirish” oyligi deb e'lon qiliniganligini inobatga olib, bu borada shahar prokurori rahbarligida sektor shtabi a'zolari, tegishli mutasaddi korxona va tashkilotlar, hududiy hokim yordamchilari va boshqa mas'ul shaxslar bilan birgalikda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.


 Xususan, joriy yilning 1-9 avgust kunlariga qadar sektor hududidagi mavjud 6 ta mahalla fuqarolar yig’inlari hududida hosil bo’lgan 46,6 tonna maishiy chiqindilar chiqarib tashlandi, 

576 tup mevali va manzarali daraxtlarga ishlov berildi, 1113 tup daraxtlar oqlandi, 6,1 km ariqlar turli chiqindi va axlatlardan tozalandi.



Bundan tashqari, sektor rahbari tomonidan sektor shtabi a'zolari 6 ta kichik guruhlarga ajratilib, sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida mavjud muammolarni “Tashabbusli byudjet” loyihasi,  “openbudget.uz” dasturiy tanlovida ishtirok etish orqali hal etish tartibi haqida keng tushuntirish targ’ibot ishlari yo’lga qo’yildi. Mazkur yo’nalishda sektor hududidagi “Namuna” MFY tomonidan birinchi bosqichda “openbudget.uz” dasturida mahalla fuqarolar yig’inlarining ichki yo’llarni asfaltlashtirish uchun yutib olingan 1 mlrd. so’m mablg’alarini sarflanishi ustidan nazorat kuchaytirildi.



 


 



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram