Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 77 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA OT SPORTINING “OT USTIDA KURASH”TURI BO’YICHA QO’RIQLASH BOSHQARMASI BOSHLIG’I KUBOGI MUSOBAQASI O’TKAZILDI 

×

 2021-09-05 12:46:49    285

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg’ona viloyati Qo’riqlash boshqarmasi tomonidan joriy yilning 4 sentyabr kuni Quvasoy shaxrida  Milliy gvardiya Qo’irqlash xizmati xodimlari va uyushmagan yoshlar o’rtasida ot sportining “konkur” va “otustida kurash” turlari bo’yicha Qo’riqlash boshqarmasi boshlig’i kubogi musobaqasi o’tkazildi. Tadbirda Qo’riqlash boshqarmasi rahbariyati, Quvasoy shaxar hokimi, sektor rahbarlari, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, keng jamoatchilik hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Mamlakatimizda yilqichilik va ot sporti turlarini rivojlantirish, yoshlar orasida ommalashtirish, sportchilarimizning mazkur sport turlari bo’yicha jahon arenalarida munosib o’rinlarni egallashlari uchun joylarda tizimli ishlar amalga oshirish maqsadida o’tkazilgan ushbu tadbir qizg’in va murosasiz ruhda kechdi. 

Ishtirokchilarning o’z otlari ustida qilgan mohirona harakatlari hamda bajargan amallari barcha tomoshabinlarda o’zgacha qiziqish uyg’otdi. Yakuniy natijalarga ko’ra, g’oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram