Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISh qanday amalga oshiriladi?

 2019-12-17 10:11:22    231

PDF yuklash
Chop etish


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatligi uchun saylovlarda ilk marotaba muddatidan avval ovoz berish amaliyoti qo’llanilmoqda. 22 dekabr kuni ma’lum bir sababga ko’ra, saylovda ishtirok eta olmaydigan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 12-18 dekabr kunlari o’zi qayd etilgan saylov uchastkasida ovoz berishi mumkin. Agar u xorijda bo’lsa, O’zbekistonning chet ellardagi vakolatxonalari va bosh konsulliklarida tashkil etilgan saylov uchastkalariga borib, ovoz berish huquqidan foydalana oladi.

Muddatidan avval ovoz berishga qaror qilgan fuqaro 12-18 dekabr kunlari saylov uchastkasiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (bular fuqarolik pasporti yoki chet elda bo’lsa xorijga chiqish pasporti) bilan borib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar tarjimai-holi va dasturi bilan tanishib, ulardan o’zi tanlagan nomzodga yashirin ovoz berishi mumkin.   

Saylov uchastkasi mas’uli saylovchini kutib oladi, uning pasporti bo’yicha elektron bazani tekshiradi va daftarga qayd qilgan holda ovoz berish byulleteni va konvert taqdim etadi. Saylovchi maxsus ajratilgan joyda yashirin ovoz bergach, byulletenni konvertga solib, saylov uchastkasi vakiliga keltirib beradi. Bu erda, konvert elimlanadi, 2 mas’ul shaxs va saylovchi tomonidan imzolanib, muhrlanadi. Mazkur konvert 22 dekabrda ovoz berish tugaganidan so’ng, ovozlarni sanash vaqtida ochiladi. 

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.