QUVASOYLIK NURONIYLAR HAM “YASHIL MAKON” DASTURIDA TASHABBUS KO’RSATISHMOQDA
2023-10-27 08:41:40 1407
Joriy yilning 11 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o’tkazilgan turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatlarini to’liq ishga solish hamda "Yashil makon" kuzgi mavsumini samarali tashkil etish yuzasidan videoselektor yig’ilishida 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar “kuzgi daraxt ekish mavsumi” deb e'lon qilingan edi.
Quvasoylik nuroniylar ham ayni kunlarda tashabbus ko’rsatib, "Yashil makon" dasturida faol ishtirok etishmoqda.
Bugun Lashkar MFY dagi 12 - umumta'lim maktabida o’tgan tadbirda so’z olgan nuroniy va faxriylar mahallalardagi qarovsiz, foydalanilmayotgan yerlardan samarali foydalanish, obod manzillarni ko’paytirish haqida to’xtaldilar.
Barcha birdek ko’chat ekish ishlarida qatnashib, sanoat bilan bir qatorda azaldan bog’dorchilik ham yaxshi rivojlangan Quvasoy shahrini yanada obod va ko’rkam maskanga aylantirish kerakligini ta'kidladilar.
445 nafar o’quvchilar, 35 nafar pedagoglar bo’lgan mazkur ta'lim maskanida amalga oshirilayotgan xayrli tadbirlarni qo’llab-quvvatlagan nuroniylar, o’zlari ham ibrat bo’lib, yoshlar bilan birgalikda bo’sh maydonga yangi ko’chatlar ekishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram