2022-YIL 3-OKTABR KUNI QUVASOY SHAHRIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI
2022-10-03 19:24:44 283
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-sonli qarorning 3-ilovasi “Keksalarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash, ularni turmush darajasi va ijtimoy faolliklarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 19-bandiga asosan har yili oktabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.
“Keksalar haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.09.2022-yil kungi №10-33/1-465-sonli majlisi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligida yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilish qarori bilan “Keksalar haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha shahar ishchi guruhi hamda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqiib tasdiqlandi.
Tasdiqlangan ishchi guruxlari ro‘yhati hamda chora-tadbirlar dasturi shahardagi barcha 31 ta MFYlariga yetkazildi. Bugun 2022-yil 3-oktabr kuni Quvasoy shahridagi “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida “Keksalar haftaligi” doirasida Bir piyola choy ustida tadbiri bo‘lib o‘tdi, unda mahalladagi yoshi ulug‘ uzoq yillar ustoz murabbiy bo‘lgan besh nafar Ortiqaliyev Raxmonali, Sultonaliyeva Soraxon, Shokirov Xoshimjon, Oxunjonov Maxmudjonlar taklif etilib estalik sovg‘alari berildi.
Shuningdek, Guliston MFY hududida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaroga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Fuqaro A.Atabekovaga bir martalik moddiy yordam 1 000.000 so‘m sog‘ligini tiklash uchun mablag‘i berilgan bo‘lsa, fuqaro E.Mamatovaga oziq-ovqat mahsulotlari berilib, holida xabar olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram