Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 2 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

2022-YIL 3-OKTABR KUNI QUVASOY SHAHRIDA “KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA TADBIR О‘TKAZILDI

×

 2022-10-03 19:24:44    210

PDF юклаш
Чоп этиш


О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-son qarori va О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-sonli qarorning 3-ilovasi “Keksalarni har tomonlama qо‘llab- quvvatlash, ularni turmush darajasi va ijtimoy faolliklarini oshirish bо‘yicha chora-tadbirlar rejasining 19-bandiga asosan har yili oktabr oyining birinchi haftasini “Keksalar haftaligi” etib belgilangan.


   “Keksalar haftaligi”ga tayyorgarlik kо‘rish va uni yuqori saviyada о‘tkazish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.09.2022-yil kungi №10-33/1-465-sonli majlisi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida shahar hokimligida yig‘ilish о‘tkazilib, yig‘ilish qarori bilan “Keksalar haftaligi”ga tayyorgarlik kо‘rish va uni yuqori saviyada о‘tkazish bо‘yicha shahar ishchi guruhi hamda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqiib tasdiqlandi.


   Tasdiqlangan ishchi guruxlari rо‘yhati hamda chora-tadbirlar dasturi shahardagi barcha 31 ta MFYlariga yetkazildi. Bugun 2022-yil 3-oktabr kuni Quvasoy shahridagi “Yangi obod” mahalla fuqarolar yig‘inida “Keksalar haftaligi” doirasida Bir piyola choy ustida tadbiri bо‘lib о‘tdi, unda mahalladagi yoshi ulug‘ uzoq yillar ustoz murabbiy bо‘lgan besh nafar Ortiqaliyev Raxmonali, Sultonaliyeva Soraxon, Shokirov Xoshimjon, Oxunjonov Maxmudjonlar taklif etilib estalik sovg‘alari berildi. 


   Shuningdek, Guliston MFY hududida istiqomat qiluvchi ikki nafar fuqaroga ijtimoiy yordam kо‘rsatildi. Fuqaro A.Atabekovaga bir martalik moddiy yordam 1 000.000 sо‘m sog‘ligini tiklash uchun mablag‘i berilgan bо‘lsa, fuqaro E.Mamatovaga oziq-ovqat mahsulotlari berilib, holida xabar olindi.


Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram