Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DIQQАT TANLOV!

 2019-07-31 14:42:51    127

PDF yuklash
Chop etish


Shahardagi barcha ijodkor yoshlar diqqatiga! Quvasoy shahrining 65 yillik yubileyi munosabati bilan joriy yilning 1 avgustidan 12 avgust kuniga qadar Quvasoy shahrining logotipini yaratish bo’yicha ijod namunalari ko’rik tanlovi o’tkaziladi. Ushbu ko’rik tanlovda barcha fuqarolar, rassomlar, dizaynerlar qatnashishi mumkin. Ko’rik tanlov bo’yicha taqdim etilgan ijod namunalari shahar hokimligi huzurida tuzilgan hakamlar hay'ati tomonidan baholab boriladi. Ko’rik tanlovda eng yaxshi baho olgan ijod namunasi muallifi 1 000 000 so’m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, g’olib deb topilgan ijod namunasi Quvasoy shahrining logotipi sifatida rasman tan olinib, shaharning 65 yillik yubileyi bayrami kuni e'lon qilinadi.

Quvasoy shahrining logotipini joriy etish uchun qo’yiladigan talablar:

1. Logotipda Quvasoy shaharining boy tarixi, ixtisoslashuvi, geografiyasi, e'tiborga molik jihatlari aks ettirilgan bo’lishi shart.

2. Logotipda aks ettirilgan har bir belgi (detal) alohida ahamiyatga ega bo’lishi va har bir belgi (detal)ga alohida tarif berilishi kerak.


Ijod namunalari 1-avgustdan boshlab, 12 avgust kuniga qadar Quvasoy shahar hokimligida tashkil etilgan hakamlar hay'atining

tatu.ff-2011@mail.ru yoki +99893 980-88-33 telefon raqamiga ulangan telegram tarmog’iga yuboriligi lozim.


Qo’shimcha ma'lumotlarni +99893 980-88-33, +99 893 372-01-24,

+99873 373-17-70 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.