Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 4 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-04-24 17:19:34    607

PDF юклаш
Чоп этиш


Bugun Quvasoy shahridagi Arsif mahallasida joylashgan 18 - umumta’lim maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Eldor Qo‘ziyev ishtirok etdi.

Dastlab maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrovini oshirish va kasb-hunarga o‘rgatish masalalari haqida so‘z bordi.

11 - sinf o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga jalb qilish maqsadida bilimlarni baholash testlarini tashkil etish tartiblari, ularning amaliy natijalari, abituriyent shtabi faoliyati haqida yana bir bor to‘xtalib o‘tildi. Yoshlarning fikrlari eshitildi.

Ochiq muloqot “Kitobsevar millat” shiori ostidagi IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” tadbiri bilan davom etdi.

Shahardagi 17, 18, 23 va 28-umumiy o‘rta ta’lim maktablari jamoalari ishtirokida o‘tgan “Zakovat” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi g‘oliblari tantanali taqdirlandilar. Ularga tashkilotchilar tomonidan kitoblar jamlanmasi hamda faxriy yorliqlar topshirildi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram