Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 26 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

QUVASOYDA “DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI KUBOGI” MUSOBAQALARI START OLDI

×

 2024-04-15 17:45:39    571

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahrida sportning futbol va mini-futbol turlari bo‘yicha o‘g‘il-qizlar o‘rtasida "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga start berildi. 

Pastki Valik MFY da o‘tgan ochilish marosimida shahar sektorlari hamda Davlat xavfsizlik xizmati shahar bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi. 

So‘z olganlar ezgu maqsad yo‘lida o‘g‘il-qizlarni birlashtirishga xizmat qilayotgan sport tadbirlarining joriy mavsumida ham shahar yoshlariga ulkan omadlar tiladilar. 

Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish asosiy maqsad ekanligi ta’kidlandi. 

Shundan so‘ng jamoalar baxsi start oldi. 

Ma’lumot o‘rnida, ushbu musobaqalarda shahardagi 31 ta mahalladan 16-30 yashar yoshlar vakillaridan iborat jamoalar 8 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Guruhlarda 1-2 o‘rinni olgan jamoalar keyingi bosqichga o‘tadi. 

Musobaqalar yakunida g‘olib jamoalar va faol ishtirokchilarga DXX kubogi, tegishli darajadagi diplom, medallar hamda esdalik sovg‘alari topshiriladi.



Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram