Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 39 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

YERDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA YOSHLAR ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-04-04 12:55:08    1274

PDF юклаш
Чоп этиш


Quvasoy shahridagi “Pakana” MFY da yoshlarga ajratib berilayotgan ekin yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha o‘quv – seminari bo‘lib o‘tdi. 

Shahar hokimi o‘rinbosarlari Farrux Niyozov, Alisher Mamajonav, mutasaddi rahbarlar hamda yoshlar ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, har qarich yerdan unumli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

“Quvasoy shahrida 2024 - yil davomida 210 gektar maydon 700 nafar yoshlarga berilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda ro‘yxatlar shakllantirilib, talabgorlarning istaklaridan kelib chiqib suvli maydondan, aholi qatnashi uchun qulay hududlardan joy ajratilishi rejalashtirilmoqda”, - dedi Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi rahbari Bekzod Fozilov.

Seminarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida oziq - ovqat mahsulotlarini ekish tartiblari, daromad olishning aniq hisob - kitoblari haqida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.





Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram