Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 43 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

HAYDOVCHILAR DIQQATIGA! 1 MARTGACHA BENZINDAN AKSIZ SOLIGʻI OLIB TASHLANYAPTI.

×

 2022-12-13 09:31:28    150

PDF юклаш
Чоп этиш


Joriy yilning 10 dekabridan 2023 yil 1 martiga qadar sotiladigan Ai-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun aksiz soligʻi olib tashlanadi. Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan va bugun eʼlon qilinishi kutilayotgan qarorda oʻz aksini topgan. 


Maʼlumotlarga koʻra, Prezident Shavkat Mirziyoev “Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagan. 

 

Unga koʻra, kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarning avtobenzin mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida taʼminlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida:


Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik beriladi.


Natijada AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan oʻrtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda. Shuningdek, aksiz soligʻining vaqtincha qoʻllanilmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd soʻm mablagʻ qoladi.


Eslatib oʻtamiz, avvalroq bugun soat 00:000 dan boshlab "Oʻzbekneftgaz"ga qarashli barcha Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida AI-80 benzini narxi bir litri uchun 5700 soʻmdan sotilishni boshlaydi.






Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram