Шрифт ўлчами Ранг Расм

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 5 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси

“OʻZBEKNEFTGAZ” SHOXOBCHALARIDA AI-80 BENZINI NARXI 6800 SOʻMDAN 5700 SOʻMGA TUSHADI

×

 2022-12-13 09:30:31    138

PDF юклаш
Чоп этиш



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotini aksiz soligʻidan ozod qilish boʻyicha” QARORI qabul qilindi


Qarorda quyidagilar nazarda tutilmoqda:


2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subʼektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz soligʻini “nol” stavkada qoʻllash.


Natijada AI-80 rusumli avtobenzin mahsulotining chakana narxi amaldagi narxlarga nisbatan oʻrtacha 8,7 foizga kamayishi prognoz qilinmoqda.


Shuningdek, aksiz soligʻining vaqtincha qoʻllanilmasligi natijasida aholi va tadbirkorlar ixtiyorida 213,7 mlrd soʻm mablagʻ qoladi.


2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelga qadar “Oʻzneftgazinspeksiya” va “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan, istisno tariqasida, Biznes ombudsman bilan kelishilmasdan tadbirkorlik subʼektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini tekshirishga ruxsat berilmoqda.


Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi oʻtkaziladigan tekshiruvlar natijalari boʻyicha avtobenzin mahsulotlarining ortiqcha yoʻqotishlariga va talon-tarojliklarga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan jazo choralarini qoʻllash, shuningdek, ularning faoliyatiga huquqiy baho berish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnomalar kiritib boriladi.


Ushbu qarorning qabul qilinishi, kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarning avtobenzin mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini oʻz vaqtida taʼminlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirishga olib keladi.




Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram