YERDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA YOSHLAR ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI
2024-04-04 12:55:08 1381
Quvasoy shahridagi “Pakana” MFY da yoshlarga ajratib berilayotgan ekin yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha o‘quv – seminari bo‘lib o‘tdi.
Shahar hokimi o‘rinbosarlari Farrux Niyozov, Alisher Mamajonav, mutasaddi rahbarlar hamda yoshlar ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, har qarich yerdan unumli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
“Quvasoy shahrida 2024 - yil davomida 210 gektar maydon 700 nafar yoshlarga berilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda ro‘yxatlar shakllantirilib, talabgorlarning istaklaridan kelib chiqib suvli maydondan, aholi qatnashi uchun qulay hududlardan joy ajratilishi rejalashtirilmoqda”, - dedi Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi rahbari Bekzod Fozilov.
Seminarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida oziq - ovqat mahsulotlarini ekish tartiblari, daromad olishning aniq hisob - kitoblari haqida to‘xtalib o‘tildi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram