Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ISTE’DODLI YOShLAR E’TIBORDA

×

 2019-11-28 15:25:36    168

PDF yuklash
Chop etish


            Butun respublikamizda bo’lgani kabi Quvasoy shahrida ham hokimlik va daxldor tashkilotlar tomonidan yoshlarni, jumladan, iste’dodli va ijtimoiy ko’makka muhtoj o’g’il-qizlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning intilish va orzulariga qanot bag’ishlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, nafaqat viloyat, balki respublika miqyosidagi rasmiy mehmonlar e’tiborini tortmoqda.

            O’zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi o’rinbosari, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Sa’dullaev, viloyat hokimi o’rinbosari Dilfuza Qosimova hamda shahardagi barcha sektor rahbarlari Quvasoy shahridagi 90-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurishdi.


            Mehmonlar bu erda o’quvchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish davomida mazkur ta’lim maskanida ommalashtirishga loyiq talay ishlar borligini ham e’tirof etishdi.


            Tashrif davomida shahardagi 29-umumta’lim maktabi 4-sinf o’quvchisi Alijon Aliev va 7-umumta’lim maktabi 3-sinf o’quvchisi Hayotjon Maqsudjonovlar xonadonida  ularning ota-onalari, yaqinlari bilan bo’lib o’tgan samimiy suhbat ham tomonlar uchun yodda qolarli bo’ldi, deyish mumkin.           Shu kuni bilimga chanqoq bu ikki yoshga O’zbekiston yoshlar etakchisi tomonidan zamonaviy kompyuter jamlanmasi hadya qilindi.

 

 

 

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati.