Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYLIK IMOM - XATIBLAR SHAHARNI “YASHIL MAKON”GA AYLANTIRISH UCHUN DARAXT KO‘CHATLARI SOVG‘A QILISHDI

×

 2024-03-18 16:43:11    808

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahrida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari davom etmoqda. Aholi yashash xonadonlari, ko‘p qavatli uylar atroflari, guzar va xiyobonlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilyapti.

Xususan, shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hududida ko‘chat ekish, yo‘l yoqalarini saramjon - sarishta qilish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, Quvasoy shahar bosh imom - xatibi Alisher Naimov, “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi Shuhrat Dadaboyev, O‘zbekiston mahallalari uyushmalari shahar bo‘limi boshlig‘i Ikromjon Dadaboyev, nuroniylar, faollar va yoshlar ishtirokida manzarali ko‘chatlar ekildi.

Duolar qilinib, yurtga tinchlik, obodonchlik tiladilar. 

Mas’ullar bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni kunlarda quvasoylik imom-xatiblar tomonidan sovg‘a qilingan qariyb 200 tup mevali va manzarali ko‘chatlarni “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda umumxalq xayriya hasharlari doirasida bo‘sh maydonlarga ekish jarayonlari amalga oshirilmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram