Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ODIL SUDLOV FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISH BO’YICHA QO’SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO’G’RISIDA”GI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2023 YIL 16 YANVARDAGI FARMONI MAZMUN MOHIYATI YUZASIDAN

×

 2023-02-22 22:32:14    198

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi «Odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-11-son Farmoni mazmun mohiyati shundan iboratki; raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan Odil sudlovni amalga oshirishga ko’maklashish bo’yicha ixtisoslashgan prokurorlar korpusi (keyingi o’rinlarda — Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi) faoliyatida 2023 yil 1 sentyabrga qadar «Sudlarda prokuror ishtiroki» axborot tizimini yaratib, dastlab sinov tarzida ishga tushirishni; Oliy sud bilan birgalikda 2023 yil 1 iyuldan Bosh prokuratura va Oliy sud axborot tizimlarini integratsiya qilish yo’li bilan o’zaro hujjat almashinuvini to’liq yo’lga qo’yishni; O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining emblemasi namunasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanishi;

Odil sudlov faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etilgan resurslardan samarali foydalanilishini ta'minlash maqsadida Oliy sud Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:

ilg’or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ayrim toifadagi fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni ko’rish vakolatini tegishliligi bo’yicha ma'muriy organlarga o’tkazish;

ayrim toifadagi jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni quyi instantsiya sudlarining o’zida yakunlash tartibini belgilash;

fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo’yicha taraflarni kelishtirish va mediatsiya institutini keng joriy etish bo’yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta'minlash;

Oliy sud Sudyalar oliy kengashi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 1 iyulga qadar ushbu bandda nazarda tutilgan yangi mexanizmlar joriy etilishi natijasida ish yuklamasi maqbullashtirilgan sudlarning shtat birliklarini samarali taqsimlash bo’yicha asoslantirilgan takliflarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta'minlash;

Bosh prokuror (N. Yo’ldoshev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ilg’or xorijiy tajribani hamda sudlarda ko’riladigan ish hajmini inobatga olib, ayrim yo’nalishlarda prokuror nazoratini qisqartirish, shuningdek, Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi shtat birliklari sonini ko’paytirish bo’yicha takliflarni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish;

Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimlari o’z faoliyatini samarali amalga oshirishlari uchun Oliy sud (B.Islamov) sud binolarida alohida xizmat xonalari ajratilishini, Bosh prokuror (N.Yo’ldoshev) mazkur xonalarning jihozlanishini ta'minlash choralarini ko’rish;

Raqamli texnologiyalar vazirligi doimiy ravishda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish bo’yicha belgilangan vazifalarning o’z vaqtida va sifatli ijro etilishiga ko’maklashib borishni;

Oliy sud (B.Islamov) bilan birgalikda har chorakda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 sentyabrdagi «Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4818-son qarori ijrosini monitoring qilish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni;

Oliy sud manfaatdor idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risida takliflar kiritish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 yanvardagi PF-12-sonli farmoni O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining emblemasi

TAVSIFI

O’zbekiston Respublikasi Oliy sudining emblemasi (keyingi o’rinlarda — emblema) quyidagi ko’rinishga ega: uning markazida O’zbekiston Respublikasi xaritasi, adolat tarozisi, kitob tasvirlangan bo’lib, o’ng va chap tomonlarida sudyalarning maxsus kiyimidagi nishon ramzlari va naqshlari aks ettirilgan. Emblema sakkizburchak shaklda bo’lib, ichki qismi esa doirasimon shaklda tasvirlangan. Doiraning ustki qismida aylanasi bo’ylab «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI» so’zlari, pastki qismida aylanasi bo’ylab «OLIY SUDI» so’zlari yozilgan. Yozuvlar nishonlar va naqsh bezaklari bilan ajratilgan.

Emblema donolik, ulug’vorlik va yuksaklikni ifoda etuvchi oltin, oq, to’q ko’k, och yashil va och ko’k ranglar ko’rinishida aks ettirilgan. Sakkizburchak, doiraning naqshlari, undagi so’zlar, adolat tarozisi — oltin rangida, kitob — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda oq rangda, O’zbekiston Respublikasi xaritasi och yashil va och ko’k rangda, doiraning ichki qismi oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda och yashil va och ko’k rangda, doiraning aylana yon qismlari — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda to’q ko’k rangda tasvirlangan.

Doiraning markazidagi xarita — O’zbekiston Respublikasini hududini anglatadi. Markazdagi tarozi odillik mezonini anglatib turuvchi ramz ma'nosida, kitob esa, sudyalar odil sudlovni faqat Konstitutsiya va qonunlarga qat'iy rioya qilgan holda amalga oshirishini ifodalaydi. Doiraning ikki yon chetining o’rtasida sudyalarning maxsus kiyimida aks ettirilgan nishon ramzi tushirilgan. Nishon — O’zbekiston Respublikasi gerbida tasvirlangan sakkizburchak bilan boyitilgan doiradan iborat. Ikki tomon nishonning orqa va pastki qismlarida milliylikni ifodalovchi aylanasi bo’ylab naqsh bezaklari tasvirlangan.

 

Jinoyat ishlari bo’yicha

Quvasoy shahar sudining raisi R.Zaripov

 

 


 

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram