Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 108 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA BARCHA SEKTOR RAHBARLARI TOMONIDAN FUQAROLAR QABULI BO’LIB O’TDI.

×

 2021-03-24 17:00:36    193

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahrida  aholi bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida barcha sektor rahbarlarining qabuli bo’lib o’tdi. Xalq qabulxonasida o’tgan qabulda xar bir sektor raxbarlari aloxida tarzda o’z hududidan murojaat bilan kelgan fuqarolarni shahsan o’zlari qabul qildilar.

Qabulda shahar hokimining o’rinbosarlari, mas'ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan qabulda jami 50 dan ortiq fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo’yicha zarur choralar belgilandi.

Xususan shahar hokimi, 1-sektor rahbari Ravshan Raximjonovga 34 nafar fuqaro tomonidan uy-joy olish, ishga joylashish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kadastr, bank kreditlari, moddiy yordam, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yo’llarni ta'mirlash va asfaltlash, dehqonchilik va tadbirkorlik uchun yer ajratish kabi 23 ta masalalarga oid taklif va murojaatlar bildirildi. Bildirilgan ushbu murojaatlarning 12 tasiga shu joyning o’zida ijobiy yechim topildi.

Shahar prokurori, 2-sektor raxbari Sherzod Madumarov tomonidan yuqoridagi masalalr yuzasidan 7 nafar fuqaro murojaati o’rganilib 2 nafariga ijobiy yechim topildi.

Shahar ichki ishlar bo’limi, 3-sektor raxbari Iqboljon Xamroqulovning qabulida 6 nafar fuqaroning uy-joy olish, ishga joylashish va tadbirkorlik masalalariga oid murojaatlar o’rganilib 2 ta murojaat joyida ijobiy xal etildi.

Davlat soliq inspektsiyasi 4-sektor raxbari Xusanjon O’rmonov esa turli masalalar yuzasidan 7 nafar fuqaro murojaatini o’rganib 2 nafariga ijobiy yechim topildi.

Qabul davomida kelib tushgan ijrosi ma'lum muddat va qo’shimcha o’rganishni talab qiladigan murojaatlar bo’yicha mutasaddi rahbarlarga ko’rsatma va topshiriqlar berildi.

Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram