Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATINI JONLANTIRISH MAQSADIDA “QUVASOY TAJRIBASI” YARATILMOQDA

×

 2024-03-21 09:19:00    699

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berganimizdek, Quvasoy shahrida hokim yordamchilari faoliyatini yanada jonlantirish, hududlarda aholi bandligini ta’minlashning aniq va samarali chora-tadbirlarini belgilash maqsadida joylarda seminarlar o‘tkazib kelinmoqda.

An’anaga aylanib borayotgan navbatdagi seminarlar Qalacha MFY hamda Pakana MFY da tashkil etildi. Ularda shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ham mutasaddi rahbarlar, hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Dastlab qishloq xo‘jaligida ko‘p yillik tajribaga ega Qalacha MFY da yashovchi 90 yoshni qarshilayotgan Mamayunus ota Mamayusupov tomorqasidagi issiqxonalar bilan mehmonlarni tanishtirdi.

Tomorqaning 6 sotix maydonida limonchilik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, 4 sotix yerda 100 tupdan ziyod shaftoli hamda o‘rik ko‘chatlari parvarish qilinmoqda. E’tiborlisi, gullab turgan shaftoli va o‘rik daraxtlari qatorlari oralaridan ham samarali foydalanilmoqda. Turli sabzavotlar hamda qulupnay ekilgan.

Oila a’zolari bandligini ta’minlagan Mamayunus ota Mamayuspov o‘z tajribalari haqida gapirib berdi. Ayniqsa, hosildorlikni oshirishda asalarilarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shu ma’noda Pakana MFY dagi “Tolibjon Gʻanijon Asalarichi” naslchi fermer xo‘jaligida davom etgan seminar avvalgi tadbirning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bu yerda asalari parvarishi va asal yetishtirish usullari haqida atroflicha so‘z bordi. Fermer Gʻanijon Yo‘ldoshev qiziquvchilarga o‘zlari tomonidan tayyorlanayotgan asalari qutilarini yetkazib berish va asalari parvarishi bo‘yicha yaqindan ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.

Seminar davomida shahar hokimi hududlar imkoniyatlaridan kelib chiqib, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan hokim yordamchilariga bir qator topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga qaratilgan bu kabi seminarlar muntazam davom ettirilishini ta’kidladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram