Quvasoyda mahkumlar uchun mehnat yarmarkasi va sayyor sud majlisi o‘tkazildi
Quvasoyda mahkumlar uchun mehnat yarmarkasi va sayyor sud majlisi o‘tkazildi
Quvasoy shahar IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarni ish bilan ta’minlash maqsadida hamkor tashkilotlar ishtirokida “Mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada 25 nafar nazoratdagi shaxs qatnashdi, 6 nafarga ishga yo‘llanma berildi, 4 nafari bandligi ta’minlandi.
Shuningdek, JIB Quvasoy shahar sudi, shahar prokuraturasi va IIB hamkorligida probatsiyadagi shaxslar ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi. Unda jinoyat uchun jazo muqarrarligi, qonun ustuvorligi va ijtimoiy moslashish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Majlis yakunida jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlagan 1 nafar shaxsning jazosi og‘irlashtirildi, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan 10 nafar mahkum muddatidan ilgari shartli ozod etildi.