Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
202025-06-26 17:19

Chimyon mahallasida adliya bo‘limi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750940348581.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750940348818.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750940348823.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750940348837.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750940348926.jpg
Farg‘ona tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Chimyon” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida mahalla aholisi ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarning huquqiy va ijtimoiy muammolari tinglanib, ularni hal etishga qaratilgan choralar ko‘rildi. Aholining murojaatlari joyida ko‘rib chiqilib, huquqiy tushuntirishlar berildi. Muddat va qo‘shimcha tekshiruv talab etadigan murojaatlar belgilangan tartibda ish yurituviga olindi. Tadbir doirasida “mahalla ettiligi” va MFY faollarining faoliyatiga oid muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori mazmun-mohiyati bo‘yicha ishtirokchilarga atroflicha tushuntirishlar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz