Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
192025-06-26 16:57

“Barkamol avlod bolalari” festivali: Farg‘ona tumanida iqtidorli yoshlar saralandi

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750939047829.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750939047933.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750939048102.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750939048105.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750939048205.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750939048209.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750939048222.jpg
Farg‘ona tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Dolzarb 90 kun” doirasida “Barkamol avlod bolalari” festivalining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida turli yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatini namoyon etgan iqtidorli o‘quvchilar aniqlanib, tantanali ravishda taqdirlandi. Mazkur festivalda Maktabgacha va maktab ta‘limi bo‘limi ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari M. Rahimova hamda faxriy ustozlardan X. Mirkomilov ishtirok etdi. Festival yoshlarning qiziqishlari va iqtidorlarini ro‘yobga chiqarish, ularni rag‘batlantirishga xizmat qildi. O‘quvchilar ushbu tadbirda o‘z bilim va iste‘dodlarini turli yo‘nalishlar – yosh qandolatchilik, tasviriy san‘at, matematika, ingliz tili, oila hamshirasi, shaxmat hamda robo-sumo bo‘yicha namoyon etdilar. Har bir ishtirokchi festivalga puxta tayyorgarlik bilan kelganini ko‘rsatdi va bellashuvlar davomida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan to‘garak a‘zolari keyingi – viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi. Tadbir yakunida esa ular diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz