Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
2162025-06-04 11:24

O‘zbekiston tumanidagi maktablarda kunduzgi oromgohlar bolalarni o'z bagʼriga qabul qildi

http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090076810852005.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090076810859175.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090076810860370.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090076810861565.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090076810863955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090076810865150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151800/news/file-2090076810867540.jpg
Yoz fasli boshlanib, maktab o‘quvchilari ta’tilga chiqishdi. Bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etish, ularning oromgohlarda dam olishi va bilim orttirishi uchun O‘zbekiston tumanida ham muayyan tadbirlar amalga oshirildi. Ayni damda tumandagi maktablarning 6 tasida tashkillangan kunduzgi oromgohlar bolalarni qabul qilib oldi. Xususan, 8, 13, 16, 24, 26 va 29-maktablar qoshida ana shunday maskanlar xizmat qilmoqda. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga ko‘ra, joriy yil yoz mavsumida faoliyat ko‘rsatadigan tumandagi kunduzgi bolalar oromgohiga 7-12 yoshli o‘g‘il-qizlar jalb etilgan. Mavjud oromgohlarda 3 mavsum davomida 2 ming nafardan ziyod o‘quvchi hordiq chiqarishi rejalashtirilgan. Kunduzgi oromgohlarda bolajonlar musiqa, san’at va sport bilan shug‘ullanishi, kitob o‘qishi, bichish-tikish bilan mashg‘ul bo‘lishi hamda maroqli dam olishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz