9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sh.Polvonov ishtirokida Qo‘shtepa tumani “Sarmozor” mahallasidagi front orti mehnat faxriysi 1930 yilda tug‘ilgan Ra’noxon ona Rasulovaning holidan xabar olindi.
Bayram munosabati bilan Ra’noxon ona samimiy qutlanib, “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” yubiley medallari va 3 mln. so‘m pul mablag‘lari tantanali ravishda topshirildi.