Maxsus imkoniyatlar

Ekran o‘lchami:

50 %

Shrift o‘lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...
252025-04-25 08:36

Ertakchi bolajon

http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2085934868313115.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2085934868314310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2085934868315505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2085934868315505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151000/news/file-2085934868317895.jpg
Kitobxonlik haftaligi Qo‘shtepa tumani axborot-kutubxona markazining “Quvurboshi” mahallasi hududida joylashgan “Sirli orolcha” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan ko‘chma kutubxonasida “Ertakchi bolajon” nomli badiiy-musiqiy kecha o‘tkazildi. Badiiy kechada jajji bolajonlar tomonidan “Zumrad va Qimmat” ertagidan sahna ko‘rinishi va quvnoq raqslar ijro etildi. Tadbirda tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova bolalarda kitobxonlikka, adabiyotga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, uyda, maktabda, ishxonada va jamiyatda bu borada barcha birdek mas’uliyatni his qilishi zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, axborot kutubxona markazi tomonidan “Kitoblar-ezgulikka chorlaydi” nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kecha so‘ngida axborot kutubxona markazi tomonidan jajji bolajon kitobxonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz