“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi “Kitobxonlik haftaligi” Buvayda tumanida boshlandi
2025-yil 21–27-aprel kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan beshinchi Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Buvayda tumanida ham qator madaniy-ma’rifiy tadbirlarga start berildi.
Haftalikning asosiy maqsadi – kitob mutolaasini targ‘ib qilish, yoshlar qalbida kitobga mehr va intellektual salohiyatni oshirishdir. Tadbirlar doirasida “O‘yla, izla, top!” shiori ostida qiziqarli o‘yinlar, kitob taqdimotlari, uchrashuvlar va ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda.
Haftalikda tumandagi ta’lim muassasalari, kutubxonalar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etmoqda.